Ushbu teorema maktab geometriya kursidan hammaga malum va mashhur. Unga kora, togri burchakli uchburchakning gipotenuzasi uzunligining kvadrati, uning katetlari kvadratlari yigindisiga teng ekanligi takidlanadi.
Ahamiyati: Pifagor teoremasi geometriyaning eng muhim tenglamasi bolib, u geometriya va algebrani ozaro boglaydi va trigonometriya fanining asosi sanaladi. Ushbu tenglamasiz, aniq kartografiya hamda navigatsiyani tasavvur qilib bolmaydi.
Bugungi kun uchun dolzarbligi: Ushbu formula hozirda ham, GPS tizimlarida muayyan obyektlarning bir-biriga nisbatan joylashuvini belgilash uchun triangulyatsiya usuli tarkibida qollaniladi.